Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant Livanda peyjer portlashlari boshlanishidan bir necha daqiqa oldin amerikalik hamkasbi Lloyd Ostinga qo‘ng‘iroq qilgan. Qo‘ng‘iroq chog‘ida, uning so‘zlariga ko‘ra, Galant Ostinga Isroil Livanda operasiya o‘tkazishni rejalashtirayotganini aytgan, biroq hech qanday ma’lumot bermagan.
Isroil dastlab peyjerlarni Hizbulloh bilan jang qilgan taqdirda Livanda portlatishni rejalashtirgan, biroq maxfiylik oshkor etilishidan qo‘rqqan mamlakat rahbariyati bunday imkoniyat qo‘ldan boy bermay, qurilmalarni faollashtirishga qaror qilgan.
Bu haqda Isroilning Walla portali manbalarga tayanib yozmoqda.