Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

«G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasiga tutash hududda «Qahramonlar nomi barhayot» nomli yodgorlik barpo etiladi

A A A
«G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasiga tutash hududda «Qahramonlar nomi barhayot» nomli yodgorlik barpo etiladi

Prezident tashabbusi bilan Toshkentdagi G‘alaba bog‘iga yondosh hududda tashkil etilishi ko‘zda tutilayotgan «Qahramonlar nomi barhayot» nomli yodgorlik loyihasi bo‘yicha arxitektura ishlanmalari tanlovining g‘oliblari aniqlandi.

Davlatimiz rahbari ko‘rsatmasi bilan poytaxtimizdagi «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasiga tutash hududda «Qahramonlar nomi barhayot» nomli yodgorlik barpo etish vazifasi yuklatilgan edi.

Shu munosabat bilan 2023 yilning 10 oktyabr sanasida Vazirlar Mahkamasining «Qahramonlar nomi barhayot» nomli yodgorlik majmuasi uchun arxitektura ishlanmalari tanlovi e’lon qilingandi.

Tanlovga taqdim qilingan loyihalar Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston badiiy akademiyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziriligi va boshqa tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat hakamlar tomonidan baholanib, g‘oliblar aniqlandi.

O‘nga yaqin loyihalar orasida Shohruh O‘rozov va Akram Raupovning ijodiy ishi 764 ball to‘plab, mualliflar birinchi darajali diplom hamda 100 million so‘m pul mukofotiga ega bo‘ldi.

Ikkinchi darajali diplom va 75 million so‘m pul mukofoti bilan Aleksandr Kuranov va Orifjon Jalalov, uchinchi darajali diplom va 50 million so‘m pul mukofoti bilan Alisher Boqiyev taqdirlandi.

Kiritildi: 15:33 09.03.2024. O'qildi: 782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!