Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

G7 davlatlari Sudandagi barcha tomonlarni harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi

G7 davlatlari Sudandagi barcha tomonlarni harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi

"Katta Yettilik" guruhi davlatlari barcha tomonlarni Sudandagi harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga kirishishga chaqirdi. Bu haqda G7 yetakchilarining Italiyada yakunlangan sammitida qabul qilingan yakuniy bayonotida aytiladi.

"Biz Sudanda 2023 yil aprelidan beri davom etayotgan jangovar harakatlarni, jumladan, inson huquqlari buzilishini, shuningdek, xalqaro gumanitar huquqning buzilishini keskin qoralaymiz", - deyiladi matnda.

"Barcha tomonlar insonparvarlik yordamining tez va to‘siqsiz o‘tishiga ruxsat berishi va yordam berishi kerak, biz barcha tomonlarni mamlakat bo‘ylab harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga, jiddiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga kirishishga, oldindan hech qanday shartlarsiz zudlik bilan va barqaror o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishga chaqiramiz", - degan G7 yetakchilari.

Ular tashqi o‘yinchilarni mojaro qo‘zg‘atmaslikka chaqirishdi.

"Afrika va mintaqaning faol roli, shuningdek, xalqaro hamjamiyatning faol va muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari zo‘ravonlikka chek qo‘yish va demokratiyani tiklash uchun muhim bo‘lib qolmoqda", deb xulosa qilinadi hujjatda.

Kiritildi: 23:57 14.06.2024. O'qildi: 1023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!