Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining alohida masalalar bo‘yicha elchisi Marat Berdiyev ma’lum qildi. .
“Janubiy Afrika raisligi o‘z homiyligida G20ga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishini rasman e’lon qildi. Tadbir 20-21 fevral kunlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadi”, — deb yozdi u Telegram’dagi kanalida.
G20 (“Yigirmatalik guruhi”)ga 19 ta davlat kiradi: Rossiya, Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Xitoy, Meksika, Saudiya Arabistoni, AQSH, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Janubiy Afrika, Yaponiya, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Afrika Ittifoqi.