Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Futzal: Bugun Samarqandda jahon chempionati uchun qur’a tashlanadi

Futzal: Bugun Samarqandda jahon chempionati uchun qur’a tashlanadi

Xabaringiz bor, joriy yilning 14 sentyabr — 6 oktyabr kunlari yurtimizda futzal bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Unda dunyoning eng kuchli 24 ta futzal terma jamoalari 6 ta guruhga bo‘lingan holda jahonda tengsiz bo‘lish uchun o‘zaro raqobatlashadi.

Musobaqaning "A", "C" hamda "E" guruhi jamoalari Toshkent shahrida joylashgan "Humo arena"da, "V" va "F" guruhi vakillari esa Buxoro shahridagi "Universal" sport majmuasida, "D" guruhi jamoalari Andijon shahrida qurib bitkazilgan "Universal" sport saroyida o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Bugun, 26 may kuni Samarqand shahrining Registon maydonida turnirga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Ushbu marosim soat 21:00 dan boshlab "Zo‘r" TV telekanalida jonli efirga uzatiladi.

Kiritildi: 14:10 26.05.2024. O'qildi: 1549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!