Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Futbol: O‘zbekiston terma jamoasi Venesuela bilan durang o‘ynadi

A A A
Futbol: O‘zbekiston terma jamoasi Venesuela bilan durang o‘ynadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 28 mart, seshanba oqshomida Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida venesuelaliklar hujumni golga aylantirgan holda oldinga o‘tib oldi. Birinchi bo‘limda har ikki jamoa vakillarida yana bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi. Tanaffus arafasida O‘zbekiston terma jamoasi penalti ishlab oldi, biroq Jaloliddin Masharipov 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi.

67-daqiqada raqib futbolchilari Jan Fuentesning chetlatilishidan keyin bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi.

Ikkinchi bo‘lim oxirlab borayotgan vaqtda Jasur Yaxshiboyevga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan keyin hakam yana penalti tepilishi kerakligini qayd etdi. Bu safar jabrlanuvchining o‘zi penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirib, muvozanatni tikladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarishsiz qoldi.

Kiritildi: 09:58 29.03.2023. O'qildi: 1599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!