Buxoro shahar IIO FMB tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra joriy yilning 6 avgust kuni soat 23:50 larda “Moxi-Xossa” mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan S.R. ismli shaxs “Moxi-Xossa” dam olish sanatoriyasining sun’iy qoplamali futbol maydonida o‘zaro futbol o‘yini vaqtida tanishi 1996 yilda tug‘ilgan K.I. bilan janjallashib, janjal vaqtida uning jag‘ qismiga mushti bilan urgan.
Natijada jabrlanuvchi K.I. hushini yo‘qotib, boshining orqa qismi bilan beton qoplamali yer sathiga yiqilishi oqibatida bosh miya suyagining sinishi va miyasiga qon quyilishi kabi hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati olgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.