Futbol bo‘yicha Braziliya terma jamoasi 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi.
Braziliya Janubiy Amerikadagi so‘nggi saralash bahsida Argentinaga mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv Karakasda (Venesuela) bo‘lib o‘tdi va 1:0 hisobida argentinaliklar foydasiga hal bo‘ldi. Urilgan yagona gol Lusiano Gondu hisobiga yozildi.
2016 va 2021 yilgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan braziliyaliklar turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab, saralashdan o‘ta olmadi. Shu tariqa, saralashda mos ravishda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan Paragvay va Argentina Parij olimpiadasida ishtirok etadi.
Yozgi Olimpiya o‘yinlari Parijda 2024 yilning 26 iyulidan 11 avgustiga qadar bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi lenta.ru.