Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining arxivariusi korrupsiya sabab qo‘lga olindi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining arxivariusi korrupsiya sabab qo‘lga olindi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining arxivariusi A. A. fuqaro G. J.dan turmush o‘rtog‘i T. J. bilan qonuniy nikohdan ajratib berish evaziga 1 000 AQSh dollari miqdordagi pullarni olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda qo‘lga olingan.

Shu o‘rinda Oliy sud keng jamoatchilik e’tiborini sud organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz va keskin kurash olib borilayotganiga qaratadi.

Binobarin, Oliy sud mamlakatimizning har bir fuqarosini jamiyatda, xususan, sud organlarida korrupsiyani tag-tomiri bilan bartaraf etishda faol hamkorlikka chaqiradi.

Agar sud xodimi faoliyatida korrupsiya bilan bog‘liq xatti-harakat (yoki harakatsizlik)ni kuzatsangiz, sezsangiz, bu haqda zudlik bilan Oliy sud Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat guruhining (71) 239-01-79 raqamli “Ishonch telefoni”ga ma’lum qilishingizni so‘raymiz.

Kiritildi: 21:16 13.02.2024. O'qildi: 1271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!