Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Fuqarolarni Toshkent soliq texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan texnikum “ustasi” ushlandi

Fuqarolarni Toshkent soliq texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan texnikum “ustasi” ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent soliq texnikumining ishlab chiqarish ta’limi ustasi SH.T. yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro I.N. va J.M.larni texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan SH.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik), 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 

Kiritildi: 17:48 02.03.2021. O'qildi: 1767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!