Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo‘limi ish yurituviga jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyat sudining 16.03.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Oqoltin don mahsulotlari” AJdan undiruvchi F.D.ning foydasiga 188.367.520 so‘m yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida, Byuroning Guliston shahar bo‘limi davlat ijrochilari o‘zlariga berilgan qonuniy vakolatlaridan to‘liq foydalangan holda fuqaro F.D.ning buzilgan huquqlarini tiklab, uning foydasiga 188.367.520 so‘m to‘liq undirilishi ta’minlandi.
Mazkur ijro hujjati bo‘lim tomonidan ijro ish yurituvi Qonunining 41-moddasiga asosan amalda tamomlandi.