Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

FT: Putin AQSH, Yevropa va Ukraina tayyorlagan 22 banddan iborat sulh rejasini hatto ko‘rib chiqishni ham istamadi

FT: Putin AQSH, Yevropa va Ukraina tayyorlagan 22 banddan iborat sulh rejasini hatto ko‘rib chiqishni ham istamadi

Nashr manbalariga ko‘ra, ushbu 22 banddan iborat reja Ukraina va AQSh amaldorlari o‘rtasidagi telefon suhbatida batafsil muhokama qilingan. Ukraina tomonidan suhbatda Volodimir Zelenskiy devoni rahbari Andrey Yermak va mudofaa vaziri Rustem Umerov ishtirok etgan, Qo‘shma Shtatlar tomonidan esa Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff, davlat kotibi Marko Rubio va maxsus vakili Kit Kellog qatnashgan.

Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, Vladimir Putin ushbu rejani muhokama qilishdan bosh tortganidan so‘ng, Uitkoff 12–16 may kunlari bo‘lib o‘tgan muzokaralar haftasida Moskvaga safarini bekor qilgan edi.

Kiritildi: 19:38 17.05.2025. O'qildi: 2138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!