"Amerikaliklar Ukraina chorshanba kuniyoq ham umumiy kelishuvni, ham foydali qazilmalar bo‘yicha bitimni yakunlaydigan jamg‘arma tuzish haqidagi batafsil shartnomani imzolashini istashmoqda", deya xabar bermoqda nashr Ukraina hukumatidagi ikki manbaga tayanib.
Biroq Ukraina hozircha ikki hujjatni birdaniga imzolashga tayyor emas, chunki jamg‘arma tuzish to‘g‘risidagi bitim avvalo Ukraina parlamenti tomonidan ratifikasiya qilinishi kerak.
Gazetaning Qo‘shma Shtatlardagi manbalarga tayanib yozishicha, Vashington va Kiyev o‘rtasida mazkur bitim bo‘yicha muzokaralar yakunlanmagan, chunki Ukraina dam olish kunlari shartlarni o‘zgartirishga uringan.
Financial Times suhbatdoshlariga ko‘ra, AQSh Moliya vaziri Skott Bescent idorasi xodimlari “Sviridenko barcha hujjatlarni imzolashga tayyor bo‘lishi yoki uyiga qaytishi kerak”, deb aytishgan.
Ismini oshkor etmagan ukrainalik rasmiyning ma’lum qilishicha, Kiyev bugun umumiy kelishuvni imzolashga tayyor, biroq buning sodir bo‘lish ehtimoli 50 foizdan bir oz yuqoriroq deb baholanmoqda.
Avvalroq Ukraina amaldorlari Kiyev Vashingtondan bu bitim doirasida sezilarli imtiyozlar olganini bildirgandi. Xususan, yangi kelishuv variantida Qo‘shma Shtatlar tomonidan Ukrainaga bosqin boshlanganidan beri ko‘rsatilgan yordam hisobga olinmagan.