BILD nashrining xabar berishicha, Xristian-demokratik ittifoq partiyasi rahbari Fridrix Mers Germaniyaga qochqinlar oqimini cheklash maqsadida yangi umumevropa "migrasiya o‘qi"ni yaratish ustida ishlamoqda.
"Polsha, Avstriya, Shveysariya, Chexiya va Fransiya bilan ittifoq tuzish rejalashtirilgan. Maqsad — "chegarada noqonuniy muhojirlarning boshpana so‘rovlarini rad etish" va umumiy migrasiya siyosatini qat’iylashtirish", deb yozadi nashr.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamoqda. U allaqachon Avstriya ichki ishlar vaziri Gerxard Karner bilan batafsil muhokama o‘tkazgan. Avvalroq Olaf Sholsning Germaniya Sosial demokratik partiyasi muhojirlarni qabul qilishni rad etish "qo‘shni davlatlar bilan kelishilgan bo‘lishi kerak" degan pozisiyada turgan edi, ammo hozir Mers bu kelishuvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minlashni maqsad qilgan.
Yanvar oyida Polsha bosh vaziri Donald Tusk tomonidan e’lon qilingan reja Mers uchun muhim namuna sifatida ko‘rilmoqda. Unda "Evropa qonunchiligiga muvofiq rad etishga imkon beradigan favqulodda holat allaqachon qayd etilgan", deb ta’kidlangan.