BMT Xavfsizlik Kengashi G‘azo sektorida gumanitar pauza qilish va o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirishdan ko‘ra ancha oldinga borishi kerak, dedi Fransiyaning tashkilotdagi doimiy vakili Nikola de Rivyer.
Bu haqda TASS yozmoqda.
De Rivyerning so‘zlariga ko‘ra, BMT Xavfsizlik kengashi 15 noyabr kuni choralar ko‘rgan, ammo bu yetarli emas va yana ko‘p narsa kerak.
"Favqulodda vaziyat bor va menimcha, bizga gumanitar pauzadan ko‘ra ko‘proq narsa kerak, bizga o‘t ochishni to‘xtatishga olib keladigan sulh kerak", dedi u.