Fransiyaning davlat qarzi bo‘yicha yillik foiz to‘lovlari yaqin yillarda 100 milliard yevroga yetishi mumkin.
Bu haqda mamlakat bosh vaziri Fransua Bayru Journal du Dimanche nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi .
"Mamlakatimiz 3-4 yil ichida bizni halokatli vaziyatga olib kelishi mumkin bo‘lgan juda tavakkal yo‘lda bormoqda. Birgina qarzga xizmat ko‘rsatish, ya’ni foizlarni to‘lashning o‘zi 100 milliard yevroga yetishi mumkin. Bu ta’lim va mudofaa byudjetlarini birlashtirishga teng", - dedi Bayru.