Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Fransiyadagi elchining o‘g‘li Nigerda hibsga olindi

A A A
Fransiyadagi elchining o‘g‘li Nigerda hibsga olindi

Nigerning Fransiyadagi elchisi Ayshata Bulama Kanening o‘g‘li, hokimiyatni qo‘lga olgan isyonchilar tomonidan lavozimidan chetlatilishi e’lon qilingan Idriss Kane Niameda hibsga olindi. Bu haqda 9 avgust, chorshanba kuni diplomatga tayanib, AFP xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Niger Poste davlat tashkilotining pochta xizmatiga mas’ul bo‘lgan bosh direktori Kane davlat mablag‘larini o‘g‘irlash ishi bo‘yicha qo‘lga olingan.

"Niger Poste kompaniyasi bosh direktori Idrissa Kane davlat mablag‘larini o‘g‘irlash bo‘yicha ishda ishtirok etmoqda, bu ish Korrupsiya va shunga o‘xshash huquqbuzarliklarga qarshi kurash oliy boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda", — deya xabar bermoqda DayFR Euro portali.

Qayd etilishicha, avvalroq Niameda hokimiyatni qo‘lga kiritgan harbiylar Nigerning Fransiya, AQSH, Nigeriya va Togodagi elchilari funksiyalarini tugatayotganini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng Kane AFPga "har doim qonuniy prezident Bazum Muhammadning elchisi bo‘lib kelgan” va "funksiyalari tugatilganligi haqidagi bildirishnomani haqiqiy emas" deb bilishini aytdi.

Kiritildi: 18:26 09.08.2023. O'qildi: 1612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!