Yangi yil kechasida Fransiyada 984 ta mashina yoqib yuborilgan, 400 dan ortiq kishi qo‘lga olingan.
BFM TV xabariga ko‘ra, mamlakat ichki ishlar vaziri Bruno Retayo aybdorlarni "qo‘rqoqlar, kamtarin fransuzlarning mulkiga hujum qiluvchi kallakesarlar" deb atagan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Yangi yilda Fransiyada jami 90 ming polisiyachi va jandarm tartibni nazorat qilgan.