Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Fransiyada o‘zbek “Yor-yor”i yangradi

A A A
Fransiyada o‘zbek “Yor-yor”i yangradi

O‘zbek hunarmandlari Fransiyada o‘tkazilgan 20 – 29 iyul kunlari “Dunyo madaniyati – Ganna – 2018” festivalida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda “Xalq so‘zi“ muxbiri Mavjud Xolmatova xabar bermoqda.

— YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan 45 bor tashkil etilgan ushbu festival Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlariga to‘g‘ri kelganligi o‘zbek madaniyati va san’ati, qadimiy an’ana va ibratli qadriyatlarimiz namoyishiga aylandi“, —deydi Respublika “Hunarmand” uyushmasi matbuot kotibi Nilufar Hotamova. — Tadbir doirasida tashkil etilgan milliy liboslar namoyishi, musiqa, urf-odatlar, an’analar va yurtimiz taomlarining rang-barangligi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, “Hunarmand” uyushmasi tomonidan xalq amaliy san’ati namunalari, xususan, yog‘och o‘ymakorligi, kashta, miniatyura, milliy liboslar va kulolchilik mahsulotlari, shuningdek, “Sardoba” folklor-etnografik ansambli, Lazgi” guruhi tomonidan ijro etilgan ”Yor-yor”, “Kelin-salom” va “Beshik to‘yi” kabi marosimlar ishtirokchilarning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Manba: xs.uz

Kiritildi: 18:22 31.07.2018. O'qildi: 1304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik