Fransiyada adashib qamoqdan chiqib yuborilgan jinoyatchini deyarli bir haftadan beri qidirmoqdalar.
Bu haqda Bordo shahar prokuraturasi xabar berdi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ta xavfli zo‘ravonlik jinoyati uchun 11 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan 25 yoshli yigit Fransiyadan Marokashga deportasiya qilinishi kerak bo‘lgan boshqa mahbus o‘rniga Gradignan kommunasi qamoqxonasidan ozod qilingan. Qamoqxona ma’muriyati mahkumlarning o‘xshash ismlarini aralashtirib yubordi.
Hozirda rasmiylar voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Jinoyatchi qidiruvga berilgan, unga nisbatan hibsga olish to‘g‘risida Yevropa orderi chiqarilgan, bu Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlarida amal qiladi.