Fransiya sharqidagi Vinzenxaym kommunasidagi nogironlarga yordam berish uchun mahalliy uyushma tomonidan ijaraga olingan xususiy uyda yong‘in sodir bo‘lgan.
Bu haqda France Blue radiosi xabar bermoqda.
Xaut-Rin departamenti prefekturasi 11 kishi bedarak yo‘qolganligini ma’lum qildi.
Yong‘in haqida signal chorshanba kuni ertalab mahalliy vaqt bilan taxminan 6:30 da yong‘in bo‘limiga kelib tushgan. Soat 9:30 holatiga ko‘ra, yonayotgan binodan 17 kishi evakuasiya qilingan, ulardan biri kasalxonaga yotqizilishi kerak. Yong‘in sodir bo‘lgan uy "La Forge" tibbiyot va o‘quv terapevtik instituti yonida joylashgan. Xuddi shu nomdagi uyushma uni nogironlarga yordam berish uchun ijaraga oldi.
Prefektura ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in mahalliylashtirilgan bo‘lib, uni o‘chirishga 76 nafar o‘t o‘chiruvchi, 4 ta o‘t o‘chirish mashinasi, 4 ta tez tibbiy yordam mashinasi jalb qilingan, ko‘chma tibbiy yordam punkti safarbar etilgan. Shuningdek, voqea joyiga 40 nafar jandarm yetib kelgan.