Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Fransiyada davlat byudjeti taqchilligi nihoyatda og‘ir ahvolda

Fransiyada davlat byudjeti taqchilligi nihoyatda og‘ir ahvolda

Fransiyada davlat byudjeti taqchilligi tufayli vaziyat og‘irligicha qolmoqda. Bu haqda Fransiya bosh vaziri Mishel Barnye aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Frans Press.

“Mamlakatdagi vaziyat juda jiddiy, uning haqiqiy holatini baholash uchun men hukumatdan to‘liq ma’lumot so‘radim. Mavjud vaziyat har xil bayonotlar berishni emas, amaliy choralar ko‘rishni talab qiladi. Mas’uliyat talab etiladi”, dedi Barnye.

Bosh vazirning aytishicha, uning maqsadi iqtisodiy o‘sish yo‘liga qaytish va fransuzlarning turmush darajasini yaxshilashdan iborat. Shu bilan birga, Parisien nashri xabar berishicha, bosh vazir mamlakatda soliqlarni oshirish, jumladan, boylik solig‘ini joriy etish imkoniyatlarini ham o‘rganmoqda.

Mamlakat Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda byudjet taqchilligi 5,1 emas, 5,6 foizni tashkil qilishi mumkin. Tejamkorlik choralarini ko‘rish va e’lon qilingan 5,1 foizni saqlab qolish uchun yana 16 milliard yevro topish kerak bo‘ladi.

Iyul oyida moliya vaziri Bryuno Lyo Mer Fransiya 2024 yilda byudjet taqchilligini shu darajada ushlab turish uchun 25 milliard yevro tejashi kerakligini aytgandi.

Kiritildi: 22:30 18.09.2024. O'qildi: 1310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!