Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Fransiyada 9 yoshli ukrainalik qizga uylanmoqchi bo‘lgan britaniyalik erkak qo‘lga olindi

Fransiyada 9 yoshli ukrainalik qizga uylanmoqchi bo‘lgan britaniyalik erkak qo‘lga olindi

Fransiyada ukrainalik to‘qqiz yoshli qizga uylanmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi.

Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

21 iyun, shanba kuni Parijdagi Disneylend xodimlari tongda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan shaxsiy tadbirga oilasi bilan bola va 100 ga yaqin mehmonlar kelganini ko‘rib, polisiyaga qo‘ng‘iroq qilishdi. Bayram tashkilotchisi 22 yoshli "kuyov" – Britaniya fuqarosi bo‘lib chiqdi, "kelin"ning onasi – 41 yoshli ukrainalik ayol ham bo‘lgan. Voqea joyiga tezkorlik bilan yetib kelgan polisiya xodimlari erkak va ayolni qo‘lga oldi.

"Hammamiz to‘yga boramiz deb o‘ylagandik... Hamma hayratda qoldi, hech kim buni kutmagan edi. Disneylend ajoyib ish qildi. Kelinning bolaligini anglab yetgan zahoti hammasini bekor qilishdi. Buni ko‘rib hayratda qoldik", deb tan oldi to‘yga mehmon sifatida taklif qilingan manba.

Prokuratura to‘y sahnalashtirilgan deb hisoblamoqda. Kuyov polisiyaga prodyuserlik kompaniyasi direktori ekanligini va ular video suratga olishayotganini tushuntirishga uringan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qqiz yoshli qizcha hech qanday zo‘ravonlikka duchor bo‘lmagan. Shunga qaramay, voqea yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Kiritildi: 11:30 23.06.2025. O'qildi: 1088 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!