Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Fransiyada 30 yil o‘tgach yana olti nafar egizak dunyoga keldi

Fransiyada 30 yil o‘tgach yana olti nafar egizak dunyoga keldi

Fransiyada olti egizak tug‘ildi. Ularning besh nafari qiz va bir o‘g‘il. Egizaklarning har birining vazni 630-730 gramm. Ayol chaqaloqlarini homiladorlikning 25 haftasida kesar kesish amaliyoti yordamida dunyoga keltirdi. Bu haqda bfm.ru  xabar berdi.

 Ma’lum qilinishicha, ushbu oilaning yana ikki katta nafar farzandi ham bor.

Kichkintoylarning tug‘ilishiga yordam berish uchun 30 nafar mutaxassisdan iborat guruh jalb qilindi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reanimasiyaga yotqizildi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, ular bir necha oy shifoxonada yotishlari kerak.

Olti egizakning tug‘ilishi dunyoda kamdan-kam uchraydigan hodisa bo‘lib, uning ehtimoli o‘rtacha 4,7 milliarddan 1 ga to‘g‘ri keladi. So‘nggi bor Fransiyada bunday holat bundan 30 yil oldin, 1989 yilda Parij shifoxonasida qayd etilgan.

Kiritildi: 08:12 19.05.2020. O'qildi: 2933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!