Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanuyel Makron seshanba kuni France 2 telekanali efirida e’lon qildi. Uning aytishicha, agar Yevropa Ittifoqi bu borada umumiy qaror qabul qilmasa, yaqin oylarda Fransaiya milliy darajada ushbu taqiqni joriy qiladi.
Bundan tashqari, Makron internet do‘konlar orqali pichoq sotib olayotganda yoshni tekshirish tizimi joriy etilishini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, bu jarayon pornografik saytlar uchun mavjud bo‘lgan tekshiruv tizimiga o‘xshash bo‘ladi.
"15 yoshli o‘smir endi internet orqali pichoq sotib ololmaydi. Biz bunga amal qilmaganlarg jiddiy moliyaviy sanksiyalar va taqiqlar joriy qilamiz", — dedi Makron.
Fransiya prezidenti Nojan-syur-Mar shahrida bir o‘quvchining maktab xodimiga pichoq bilan qilgan hujumi tufayli bu bayonotni berdi. O‘shanda o‘quvchi maktab hodimasiga pichoq bilan taahlangan va uni yaralagan edi. Ayol olgan jarohatlari tufayli vafot etgandii.