Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Fransiya X ijtimoiy tarmog‘ini “pornografik xususiyatga ega” deb tan olishi mumkin — Politico

Fransiya X ijtimoiy tarmog‘ini “pornografik xususiyatga ega” deb tan olishi mumkin — Politico

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiya hukumati Ilon Maskdan X platformasi foydalanuvchilarining yoshini qat’iy tasdiqlashni talab qilishi mumkin.

"X 2024 yildan boshlab pornografik kontent tarqalishiga qarshi emasligini ochiq bildirib kelmoqda. Shu sababli bunga mos ravishda yondashish kerak", deya izoh berdi Fransiya raqamli texnologiyalar va telekommunikasiyalar vazirligi.

Avvalroq Fransiya, Gresiya, Daniya, Sloveniya va Kipr 15 yoshdan kichik shaxslarga TikTok, Instagram, YouTube va boshqa ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash tarafdori ekanini bildirgan edi.

"Fransiya platformalarni voyaga yetmagan foydalanuvchilar uchun ota-onalar roziligini olishga majbur qilmoqchi. Parij bu borada 2023 yilda qonun qabul qilgan, biroq u hali Yevroittifoq tomonidan tasdiqlanmagan", deb yozadi Politico.

Kiritildi: 15:30 09.06.2025. O'qildi: 528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!