Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Fransiya Ukrainaga yangi yordam rejasiga qarshi chiqdi

Fransiya Ukrainaga yangi yordam rejasiga qarshi chiqdi

Evropa komissiyasining (EK) Ukrainaga yordam berish maqsadida umumiy qarz yaratish rejasi Fransiyaning fiskal suverenitetiga tahdid soladi. Bu haqda “Tur, Fransiya” partiyasi yetakchisi Nikolya Dyupon-Anyan X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

«Men 2022 yilda aytganimdek, Ukrainadagi mojaro Yevropa Ittifoqini moliyaviy lobbilarga bo‘ysunuvchi, saylanmagan komissiya rahbarligida qayta tiklab bo‘lmaydigan federal tuzilmaga aylantirish uchun bahona bo‘ldi. Ukrainani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumevropa qarzining yaratilishi oxir-oqibatda bizning fiskal suverenitetimizni yo‘q qiladi», — deb yozdi siyosatchi.

Kiritildi: 15:20 29.10.2025. O'qildi: 1080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!