Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Fransiya Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyor

Fransiya Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyor

Fransiya hukumati Shimoliy Atlantika alyansidagi hamkorlari bilan birgalikda Ukraina bilan xavfsizlik kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha kelishuv tuzishga tayyorligini bildirdi, deb xabar qildi Fransiya TIV.

“Fransiya Ukraina bilan xavfsizlik kafolatlarini ta’minlash uchun shartnomalar tuzishga tayyor”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Avvalroq WSJ AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya Ukraina uchun xavfsizlik bo‘yicha bitim tuzishi mumkinligini yozgan edi.

Materialda aytilishicha, qator Yevropa davlatlarining rasmiylari Kiyev uchun xavfsizlik rejasiga rozi bo‘lib, u qator ikki tomonlama kafolatlarga asoslanadi.

Kiritildi: 21:24 23.05.2023. O'qildi: 2489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!