Fransiya Qizil dengizdagi Yanbu port shahrini qo‘riqlash uchun Saudiya Arabistoniga harbiy bo‘linmalar va zamonaviy mudofaa tizimlarini yuboradi.
Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron TF1 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Yanbu shahri jahon energetikasi va logistikasida muhim rol o‘ynaydi, chunki neft eksportining katta qismi uning terminallari orqali o‘tadi.
Ushbu transport tugunining xavfsizligini ta’minlash xalqaro bozorlarga energiya manbalarini uzluksiz yetkazib berish uchun o‘ta muhimdir. Fransiya davlat rahbari bo‘lajak missiyaning maqsadlarini batafsil tushuntirib berdi.
Bu biz saudiyaliklar bilan erishgan kelishuv: biz harbiy resurslarni - askarlar, radar tizimlari va mudofaa tizimlarini yubormoqchimiz. Bu — urushda qatnashish emas, balki neft bozorini barqarorlashtirishdir» - dedi Makron telekanal efirida.