Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Fransiya rasmiylari 3-jahon urushi boshlanishini istamaydi

 Fransiya rasmiylari 3-jahon urushi boshlanishini istamaydi

Fransiya rasmiylari Putinning Rossiya hududiga uzoq masofali qurollar bilan zarba berilgan taqdirda ziddiyat kuchayishi haqidagi bayonotidan so‘ng, 3-jahon urushi boshlanishini istamasliklarini bildirishdi.

Bu haqda Le Monde gazetasi diplomatik manbasiga tayanib yozmoqda.

"Biz 3-jahon urushining oldini olish uchun hamma narsani qilishimiz kerak. Biz ruslar harbiy amaliyotlar ko‘lamini kengaytirishi mumkinligini istisno eta olmaymiz", — dedi nashr suhbatdoshi Putinning bayonotini sharhlar ekan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya ham Ukrainaga uzoq masofaga uchuvchi raketalar yetkazib beradi. Biroq ularning Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berishda ishlatilishiga hozircha rozilik bermagan.

Shu bilan birga, Fransiya, Buyuk Britaniya va Qo‘shma Shtatlardan farqli o‘laroq, bunday rozilik berish imkoniyati haqida rasmiy darajada hech qanday bayonot bermagan.

Kiritildi: 22:30 14.09.2024. O'qildi: 1023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!