Qonun loyihasiga ko‘ra, qat’iy shartlar asosida xohlovchilar o‘limga olib keladigan dori-darmonlardan foydalanishlari mumkin. Bemorlar dorilarni mustaqil ravishda qabul qilishlari mumkin yoki agar ular buni jismonan bajara olmasalar, buni shifokor yoki hamshira amalga oshiradi.
Evtanaziya huquqi faqat Fransiyaning voyaga yetgan fuqarolariga yoki Fransiyada qonuniy yashovchi, og‘ir, davolanmaydigan, hayot uchun xavfli, zo‘rayib borayotgan yoki terminal bosqichdagi kasallikka chalingan shaxslarga taalluqlidir. Bemor, shuningdek, kasallik bilan bog‘liq uzoq muddatli jismoniy yoki ruhiy azob-uqubatlarni boshdan kechirishi va to‘liq ma’lumotlarga asoslanib, ixtiyoriy qaror qabul qila olishi kerak.
Yakuniy ovoz berishda Fransiya Milliy Assambleyasi qonun loyihasini 291 ovoz bilan qabul qildi, 241 ovoz qarshi chiqdi.
Prezident Emmanuel Makron X ijtimoiy tarmog‘ida bu masala o‘zi uchun shaxsiy va o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.