Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Fransiya kelajagi «Real»ni tanladi

A A A
Fransiya kelajagi «Real»ni tanladi

«Lill» himoyachisi Leni Yoro faoliyatini qayerda davom ettirish borasida yakuniy qarorga keldi. Fransiyalik iqtidorli futbolchining xizmatlariga «Real», «PSJ» va «Liverpul» klublari qiziqish bildirmoqda.

"Todofichajes" portaliga ko‘ra, Yoro «qirollik» klubiga o‘tishga qaror qilgan. Leni Ispaniya poytaxtida boshqa fransuz futbolchilari bilan birlashmoqchi. Ferlan Mendi, Orelyen Tchuameni, Eduardo Kamavinga va Kilian Mbappe «Real Madrid» safida to‘p tepadi.

«Lill» esa o‘z navbatida himoyachini 40 million yevroga sotishga tayyor. Lenining klub bilan shartnomasi kelasi yilning yozigacha amal qiladi.

Kiritildi: 13:24 16.06.2024. O'qildi: 1030 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!