Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Fransiya Janubiy Amerika o‘rmonlarida qattiq tartibdagi qamoqxona qurmoqda

Fransiya Janubiy Amerika o‘rmonlarida qattiq tartibdagi qamoqxona qurmoqda

Fransiya Adliya vaziri Jerald Darmanen ma’lum qilishicha, Fransuz Gvianasining o‘rmoni hududida ayniqsa xavfli jinoyatchilar, jumladan giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar uchun yuqori xavfsizlikka ega qamoqxona barpo etiladi.

Ministrning so‘zlariga ko‘ra, qamoqxona Gviananing shimolida joylashgan Sen-Loran-dyu-Maroni kommunasida quriladi va 2028 yildan boshlab birinchi mahkumlarni qabul qila boshlaydi. Loyihaning qiymati 400 million funtga baholanmoqda.

“Mening strategiyam oddiy – jinoyatchilikning barcha darajalariga qarshi kurash olib borish”, – dedi Darmanen Gvianada nega bunday muassasa qurilayotganini izohlar ekan.

Uning ta’kidlashicha, Fransiyaga giyohvand moddalarning olib kirilishi aynan shu hududdan boshlanadi. 500 mahkumga mo‘ljallangan qamoqxonada 50 ta yuqori xavfsizlik kamerasi bo‘ladi. Ularning vazifasi – giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullanuvchi xavfli jinoyatchilarni alohida saqlash.

Qamoqxonada doimiy tintuvlar o‘tkaziladi, elektron nazorat o‘rnatiladi va mahkumlarning tashqariga chiqishi deyarli imkonsiz bo‘ladi.

Fransuz Gvianasi – Janubiy Amerikada jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan Fransiyaning departamenti hisoblanadi. 2024 yilda bu yerda inson o‘ldirish holati rekord darajaga yetgan: har 100 000 aholiga 20,6 ta o‘lim holati to‘g‘ri kelgan. Solishtirish uchun, Fransiyada bu ko‘rsatkich har 100 000 kishiga 1,5 tani tashkil etadi.

Kiritildi: 20:36 19.05.2025. O'qildi: 512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!