Parij tarixda birinchi marta yadroviy qurollarni tiyish bo‘yicha Berlin bilan hamkorlik qilish niyatida.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron buni Myunxen xavfsizlik konferensiyasida nutq so‘zlash chog‘i ta’kidlab o‘tdi.
Fransiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, "yadroviy qurollarni tiyish rolini qayta belgilash juda muhim". "Va shuning uchun biz hozirda Germaniya kansleri Fridrix Mers va bir qator Yevropa rahbarlari bilan strategik muloqot o‘rnatmoqdamiz, konstitusiya bilan kafolatlangan va tartibga solingan milliy doktrinamizni aniq hamkorlik, qo‘shma mashqlar va umumiy xavfsizlik manfaatlari bilan qanday bog‘lashimiz mumkinligini tushunish uchun", dedi Makron.
U "Fransiya buni tarixda birinchi marta Germaniya bilan amalga oshirayotganini" ta’kidladi. "Bu muloqotning o‘zi muhim, ammo undan ham muhimi shundaki, u bizga yadroviy qurollarni tiyishni mudofaa va xavfsizlikka yaxlit yondashuvga integrasiya qilish imkonini beradi", dedi Makron.