Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Fransiya hukumati Olimpiada o‘yinlari oldidan 5 mingga yaqin boshpanasiz migrantni Parijdan ko‘chirdi — The New York Times

A A A
Fransiya hukumati Olimpiada o‘yinlari oldidan 5 mingga yaqin boshpanasiz migrantni Parijdan ko‘chirdi — The New York Times

Nashrning yozishicha, odamlar avtobusda Lion va Marsel kabi shaharlarga olib borilib, maxsus boshpanalarga joylashtirilmoqda. Uysizlar u yerda uch haftagacha yashaydi, shu vaqt ichida ular boshpana olish mezonlariga javob berishi tekshiriladi. Ushbu huquqqa ega bo‘lganlar ariza ko‘rib chiqilayotganda uzoq muddatli uy-joy bilan ta’minlanishi mumkin. Biroq boshpanasiz migrantlarning 60 foizgacha qismi uy-joy ololmayapti, ba’zilari esa deportasiya qilinmoqda.

Gazetaning qayd etishicha, ko‘chirish sabablaridan biri Parij va uning atrofida yashovchi 100 ming uysiz odam uchun boshpanalarda joy yo‘qligidir. Muammoni hal qilish uchun rasmiylar o‘tgan yili mamlakat bo‘ylab 10 ta vaqtinchalik boshpana ochgan.

Avvalroq The Guardian ham Parij va uning atrofidan uysizlarning boshqa hududlarga ko‘chirilishi haqida yozgan edi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning aprel oyidan buyon Parijdan 12,5 ming kishi chiqarib yuborilgan.

Kiritildi: 19:06 13.07.2024. O'qildi: 1131 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!