Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Fransiya hukumati musulmonlar uchun xususiy liseyni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi

A A A
Fransiya hukumati musulmonlar uchun xususiy liseyni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi

Fransiyada musulmon bolalari ta’lim olayotgan mamlakatdagi yetakchi ta’lim muassasalaridan biri – Averroes liseyi (Ibni Rushd) bilan tuzilgan davlat shartnomasi bekor qilindi.

Le Parisien nashrining yozishicha, tegishli qaror Fransiyaning O-de-Fransiya viloyati gubernatori Jorj-Fransua Lekler tomonidan qabul qilingan.

Lekler bu qarorini liseyda berilgan ta’lim Fransiya Milliy ta’lim vazirligi o‘quv dasturining «manba va mazmun» bo‘yicha kutganlariga «to‘liq mos kelmasligi» bilan izohladi.

Mintaqaviy hokimiyatlar o‘quv dasturida «madaniyat, jinslararo munosabatlar, gomoseksualizm» kabi mavzular bo‘yicha resurslar etishmasligini qayd etdi.

Shuningdek, ular o‘quv dasturidagi islom diniga oid ma’lumotlar miqdori boshqa dinlarga oid mavzular sonidan ko‘p, deb hisoblaydilar.

Boshqa narsalar qatorida, O-de-Fransiya rasmiylariga ko‘ra, liseyda ishlaydigan ba’zi o‘qituvchilar «respublika qadriyatlariga qarshi».

Qaror liseyning doimiy o‘qituvchilarini va yillik budjetidan yarim million yevro miqdorida davlat yordamini yo‘qotishiga olib keladi.

Noyabr oyida O-de-Fransiya gubernatori ko‘rsatmasi bilan yig‘ilgan Maxsus ta’lim bo‘yicha maslahat komissiyasi 2008 yilda maktabga berilgan shartnomani bekor qilish uchun ovoz berdi.

Fransiya musulmonlari federasiyasi bunga javoban Averro liseyi o‘qituvchilari bilan birdam ekanliklarini bildirdi.

Ta’lim muassasasi Lill shahrida joylashgan. Lisey 2003 yilda o‘z faoliyatini boshlagan va birinchi bo‘lib ro‘mol o‘rashi sababli boshqa ta’lim muassasalariga bora olmagan musulmonlar uchun o‘z eshiklarini ochgan. Averroes bitiruvchilari universitetlarga kirishda muvaffaqiyat darajasi 90 foizdan oshadi.

Yillar davomida o‘quvchilar soni ortib borayotgan liseydan tashqari Averroes o‘rta maktabi ham 2012 yilda ish boshlagan. Bugungi kunda Averroes o‘rta maktabi va liseyida 800 dan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda.

Kiritildi: 17:42 11.12.2023. O'qildi: 1145 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!