Fransiya konsullik himoyasini ta’minlash majburiyatlarini buzgani uchun Eronga qarshi BMT Xalqaro sudiga da’vo taqdim etdi. Ish 2022 yilda Eronda josuslikda ayblanib hibsga olingan Fransiya fuqarolari Sesil Koler va Jak Pari bilan bog‘liq.
"Uch yil davomida Sesil Koler va Jak Pari Eronda garovga olingan holda saqlanmoqda, qiynoqlarga teng bo‘lgan dahshatli sharoitlarda ushlab turilmoqda va konsullik tashriflaridan mahrum etilgan"
deb ta’kidladi Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro.