Fransiya Chad hukumatidan fransuz harbiy kontingentini 31 yanvarga qadar mamlakatdan to‘liq olib chiqib ketish to‘g‘risida xabarnoma oldi
Bu haqda RFI radiosi Fransiya hukumatiga yaqin manbalariga tayanib xabar berdi.
"Ming nafar askar va ko‘plab jihozlarni yetti hafta ichida olib chiqib ketishning iloji yo‘q. Ushbu talab Chaddagi hokimiyat doiralarining bosimi", — dedi Fransiyaning yuqori martabali harbiy amaldorlari ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, fransuz harbiysi Chad bilan muzokaralar davom etayotganini bildirdi.