AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) dekabr oyida Virjiniya shtati fuqarosini noqonuniy ravishda o‘qotar qurol saqlaganlikda ayblab hibsga olganida 150dan ortiq quvurli bomba va boshqa qurilmalarni topdi. Bu federal prokurorlarning sud hujjatlarida aytilgan.
Prokurorlarning dushanba kuni taqdim etgan iltimosnomasida aytilishicha, agentlar dekabr oyida Bred Spaffordning shimoli-g‘arbiy Norfolkdagi uyini tintuv qilish paytida arsenalni topdilar. Prokuratura FQB tarixida rekord miqdordagi qurol musodara qilingan deb hisoblaydi.
Portlovchi moddalarning aksariyati, shuningdek, bomba yasash asboblari va materiallari Uayt orolidagi uyning alohida garajidan topilgan.
36 yoshli B. Spafford avvalroq qonunga xilof ravishda o‘qotar qurol saqlashda ayblangan. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining aytishicha, uning yonida ro‘yxatdan o‘tmagan kalta o‘qli miltiq bo‘lgan. Associated Press agentligining chorshanba kuni prokurorlarga tayanib xabar berishicha, gumondorga portlovchi moddalar bilan bog‘liq yana bir qancha ayblovlar qo‘yilgan.