AQSh prezidentlik saylovlarida Donald Trampning g‘alabasini bashorat qilgan bukmekerlik agentligi direktori Federal qidiruv byurosi tomonidan ta’qibga uchradi.
Bu haqda The New York Post nashri xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, FQB xodimlari Polymarket bukmekerlik agentligi bosh direktori Sheyn Koplanning kvartirasiga bostirib kirib, uni uyg‘otib, ekspertiza uchun smartfon va boshqa elektron qurilmalarini berishni talab qilgan.
NYPga ma’lumot bergan manba voqeani "eng yomon holatda ulkan siyosiy tomosha" deb atadi va FQB musodara qilingan narsalar uchun 26 yoshli Koplanning advokatiga murojaat qilishi mumkinligini ta’kidladi.
Agentlik egasiga reyd sabablari haqida hech narsa aytilmagan, ammo nashr suhbatdoshining fikricha, bu Polymarket an’anaviy so‘rovlardan farqli ravishda Trampning vise-prezident Kamala Xarris ustidan oson g‘alaba qozonishini aniq bashorat qilgani uchun siyosiy qasos bo‘ldi.