Bugun 19 oktyabr, 2019 yil, shanba

КИР

Foto: Toshkentda avtomobil oynasidan chiqindi tashlagan haydovchi yirik miqdorda jarima to‘ladi

Foto: Toshkentda avtomobil oynasidan chiqindi tashlagan haydovchi yirik miqdorda jarima to‘ladi

Toshkentda avtomobil oynasidan chiqindi tashlagan haydovchi 2 230 000 so‘mga jarimaga tortildi. Bu haqida “Voditeli Tashkenta” guruhi xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, voqea 29 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Svetoforda to‘xtab turgan avtomobil oynasidan chiqindi ko‘chaga otib yuborilganini uning orqasida turgan avtomobil videoregistratori kamerasiga tushib qolgan.

YHXBda ushbu videoga qonuniy baho berishgan va haydovchi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik kodeksining 147 moddasining 1 qismiga asosan (Yo‘l inshootlariga, yo‘l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish - EKIHning 10 baravari miqdorida) - 2 230 000 so‘mga jarimaga tortilgan.

Ayni damda ushbu xabar guruhda qizg‘in muhokama bo‘lmoqda. Ba’zi haydovchilar ushbu vaziyatda MJKning noto‘g‘ri bandi qo‘llanilgan, aslida 123-modda. (Transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish) qo‘llanilishi kerak edi deyishmoqda. Ushbu bandga ko‘ra haydovchi EKIHning 1 baravarigacha jarimaga tortilishi mumkin.

Lekin Feysbukda ushbu post ostiga qoldirilgan izohlarga ko‘ra, aksariyat haydovchilar ko‘chani ifloslantirayotgan haydovchilarga nisbatan yanada qattiqqo‘l jazolar qo‘llash tarafdoridir.

Opovesheniye o nalojenii shtrafa

Kiritildi: 15:35 08.10.2019. O'qildi: 2393 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!