Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Fon der Lyayen Yevropa Komissiyasining yangi tarkibi bilan tanishtirdi

Fon der Lyayen Yevropa Komissiyasining yangi tarkibi bilan tanishtirdi

Evropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen kelgusi besh yil uchun o‘z jamoasiga qo‘shish niyatida bo‘lgan 27 kishini tanishtirdi.

Estoniya sobiq bosh vaziri Kaya Kallas Jozep Borrelning o‘rniga Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili bo‘lishi kerak.

Stefan Sejurneni Yevropa Canoat strategiyasi va ichki bozor bo‘yicha Yevropa komissari etib tayinlash rejalashtirilmoqda. Yevropa komissari Terri Breton yangi Yevrokomissiya tarkibiga kirishdan bosh tortgani sababli, bu lavozimga Sejurne Fransiya tashqi ishlar vazirligi rahbari lavozimidan o‘tadi.

Ilk bor tashkil etilayotgan Yevropa komissiyasining Mudofaa bo‘yicha komissari lavozimini litvalik deputat, Yevroparlamentning Rossiya bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Andryus Kubilyus egallashi kerak.

Fon der Lyayenning ta’kidlashicha, Yevrokomissiyaning yangi tarkibi 11 ayolni o‘z ichiga olishi kerak, bu 40% kvotaga to‘g‘ri keladi. Agar nomzodlar Yevroparlament tomonidan tasdiqlansa, Yevrokomissiyaning yangi tarkibi 1 noyabrdan ish boshlaydi.

Kiritildi: 09:45 18.09.2024. O'qildi: 839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!