Joriy yilning 21 aprel kuni kunduzi, soat taxminan 11:30 lar atrofida, haydovchi G.X. “Neksiya-3” rusumli transport vositasini Chirchiq shahrining A.Navoiy ko‘chasi bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtida “Barbados” nomli oshxona oldida yo‘lning qatnov qismini o‘ng tomondan chap tomoniga, belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyoda, 1960 yilda tug‘ilgan G.S.ni urib yuborgan. Piyoda zudlik bilan Qibray tuman shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga olib borilgan. Shifokorlarning harakatlariga qaramasdan piyodaning hayotini asrab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Hozirgi kunda Chirchiq shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.