Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Flik «Barselona» tarkibini kuchaytirishni xohlamoqda

Flik «Barselona» tarkibini kuchaytirishni xohlamoqda

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik transfer rejalari borasidagi pozisiyasini o‘zgartirdi.

Diario SPORT xabar berishicha, o‘tgan yozda «Barselona» sport direktori Deku yangi markaziy himoyachi sotib olishni talab qilgan, ammo Flik hujum chizig‘ini kuchaytirishni afzal ko‘rgan.

Biroq hozir germaniyalik murabbiyning fikri o‘zgargan, chunki «ko‘k-anorranglilar» markaziy himoyada jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Flik yanvar oyida jamoaga yangi himoyachi olib kelishlarini xohlamoqda.

To‘qqiz turdan keyin «Barselona» 27 ochko jamg‘argan holda Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

25 oktyabr kuni kataloniyaliklar 10-tur doirasida Madridning «Real» klubini qabul qiladi. Uchrashuv 26 oktyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 13:54 21.10.2026. O'qildi: 791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik