Finlyandiyada ikkita fuqarolik vertolyoti to‘qnashdi.
Bu haqda mamlakat qutqaruv xizmati xabar bermoqda.
Hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan. Ikkala vertolyot ham topilgan, ular o‘rmonli hududga qulagan.
Estoniyaning Postimees gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, vertolyotlardan birida eston tadbirkorlari Oleg Gross va Priyt Yagant bo‘lgan.
Finlyandiya Mudofaa kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, bu vertolyotlar fuqarolik texnikasi bo‘lib, Havo kuchlari yoki Qurolli kuchlarga aloqador emas.