Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Finlyandiya hukumati rossiyaliklarga turistik vizalar berishni qisqartirish mexanizmi ishlab chiqilishini e’lon qildi

Finlyandiya hukumati rossiyaliklarga turistik vizalar berishni qisqartirish mexanizmi ishlab chiqilishini e’lon qildi

Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto MTV3 telekanaliga bergan intervyusida Finlyandiya Rossiya fuqarolariga turistik vizalar berishni qisqartirish mexanizmini ishlab chiqqanini aytdi.

“Amalda dushanba kuni turistik vizaga, seshanbadan jumagacha esa oilaviy sabablar, o‘qish, ish yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra viza olish uchun ariza topshirishingiz mumkinligini anglatishi mumkin”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Finlyandiya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Finlyandiya ushbu sxema yordamida rossiyaliklarga turistik vizalar berishni sekinlashtiradi.

Shuningdek, ushbu tashabbusni qonunchilik darajasida amalga oshirish mumkinligini ta’kidladi.

Kiritildi: 20:13 13.08.2022. O'qildi: 1343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!