Amerikaning ikkita B-52H Stratofortress strategik bombardimonchi samolyotlari o‘quv mashg‘ulotlari davomida Finlyandiya havo hududi ustidan uchib o‘tdi, deb xabar qildi Finlyandiya mudofaa kuchlari matbuot xizmati.
«Parvozda shuningdek, Amerikaning ikkita KC-135 va bitta KC-46 yonilg‘i quyish samolyotlari ishtirok etdi», — deyiladi xabarda. Departament ma’lumotlariga ko‘ra, bombardimonchi samolyotlar Norvegiyadan kelgan va Laplandiya orqali janubiy yo‘nalishda uchgan.