Filippin markazidagi Sebu shahridagi poligonda ko‘chkidan keyin bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan oxirgi odamning jasadi topildi.
Bu haqda Xinhua axborot agentligi Yong‘indan himoya qilish byurosiga tayanib xabar berdi.
Bu fojia qurbonlari sonini 36 taga yetkazdi, avvalroq 35 kishining o‘limi tasdiqlangan.
Hodisa 8 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Chiqindilarni qayta ishlash zavodi binolari orasida katta miqdordagi vayronalar qulagan. Rasmiylarga ko‘ra, voqeadan so‘ng darhol vayronalar ostidan 12 ishchi qutqarilgan, 36 kishi esa bedarak yo‘qolgan. 10 kun davom etgan qidiruv-qutqaruv operasiyasida dengiz floti xodimlari bilan birga 300 dan ortiq odam ishtirok etgan.