Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Filippinda yuz minglab odamlar toshqinlardan himoyalash inshootlari bilan bog‘liq korrupsiya mojarolari sabab poytaxt ko‘chalariga chiqdi

 Filippinda yuz minglab odamlar toshqinlardan himoyalash inshootlari bilan bog‘liq korrupsiya mojarolari sabab poytaxt ko‘chalariga chiqdi

Filippinda yuz minglab odamlar toshqinlardan himoyalash inshootlari bilan bog‘liq korrupsiya mojarolari sabab poytaxt ko‘chalariga chiqdi — Reuters.

Agentlikning xabar berishicha, namoyishchilar davlat tomonidan toshqinlarga qarshi infratuzilma loyihalariga ajratilgan mablag‘larni o‘g‘irlaganlikda ayblanayotgan shaxslarni jazolashni talab qilgan.

Filippin polisiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 16 noyabr kuni Manila markazida Iglesia ni Cristo xristianlik tashkiloti tomonidan uyushtirilgan aksiyada qariyb 550 ming kishi ishtirok etgan. Tashkilotchilar bu namoyishni korrupsiya mojarosiga qarshi o‘tkazilgan eng yirik aksiya sifatida baholamoqda. Yangi norozilik namoyishlari 17 va 18 noyabr kunlariga ham rejalashtirilgan.

"Ushbu korrupsiya mojarosida, boshqalar qatori, Filippin prezidenti kichik Ferdinand Markosni yaqin hamkorlarining nomlari ham tilga olinmoqda. Shuningdek, o‘nlab qurilish pudratchilari, davlat amaldorlari va qonunchilar, jumladan, prezidentning amakivachchasi ham unda ishtirok etgani aytilmoqda", deyiladi Reuters xabarida.

Kiritildi: 17:12 17.11.2025. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!