Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Filippinda «Trami» bo‘roni tufayli 5,7 million odam o‘z uyini tark etdi

A A A
Filippinda «Trami» bo‘roni tufayli 5,7 million odam o‘z uyini tark etdi

Filippin shimoli-sharqida Tropik bo‘roni sabab bo‘lgan yomg‘ir, suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 85 kishiga yetdi.

Manila Times gazetasining Fuqarolik mudofaasi byurosiga tayanib yozishicha, qurbonlar va jarohatlanganlar soni ortishi mumkin.

Tabiiy ofat tufayli 5,7 million kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi, 92 mingga yaqini esa vaqtinchalik yashash markazlarida, deya ma’lum qildi Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish milliy kengashi.

Dovul oqibatlari tufayli 27 mingdan ortiq uy, 520 ta yo‘l va 84 ta ko‘prik zarar ko‘rgan, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 21:18 27.10.2024. O'qildi: 942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!